
Konte “Barselona” futbolchisini “Tottenxem” taklifini qabul qilishga ko‘ndirdi
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle tez orada "Tottenxem"ga ijara asosida o‘tadi, deb xabar beradi “Diario Sport” nashri.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi London klubiga o‘tishni istamagan, ammo "Tottenxem" ustozi Antonio Konte u bilan gaplashib, Langleni taklifni qabuli qilishga ko‘ndirgan. "Barselona" futbolchi maoshining bir qismini to‘lashda davom etadi.
Hozircha futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma shartlari ochiqlanmagan, ammo oldinroq “shporlar” uni sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga olishi xabar qilingan edi.
“Transfermarkt” portali Klemanning narxini 12 million evroga baholagan.
O‘tgan mavsumda frantsiyalik himoyachi Kataloniya klubi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan. Langlening "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar